Mijozlaringiz bilan aloqada qoling
Mijozlaringiz siz bilan shaxsiy WhatsApp suhbat qurishi uchun qisqa havola yarating. Havolani email, veb-saytingiz, Facebook sahifangiz yoki boshqa tez-tez foydalaniladigan har qanday kanallar orqali ulashing.
Siz xizmat qilayotgan hamjamiyatlarning aʼzolari sifatida, ushbu noaniqlik va yakkalanish kuchayib borayotgan bu davrda biznesingizni boshqarish odatdagidan koʻra qiyinroq boʻlishi mumkin. Mijozlaringiz bilan WhatsApp orqali – ular oʻz tanishlari va oilasi bilan yaqin boʻlishda foydalanadigan ayni vosita orqali aloqada qoling.
Mijozlar bilan aloqaga chiqishda WhatsAppdan masʼuliyat bilan foydalaning. Faqat siz taniydigan foydalanuvchilar va sizdan xabar olishni istaganlar bilan muloqot qiling, mijozlardan telefon raqamingizni manzillar kitobiga saqlashini soʻrang hamda avtomatlashtirilgan yoki promoaksiya xabarlarini guruhlarga yuborishdan saqlaning. Bu oddiy, lekin eng yaxshi amaliyotlarga rioya qilmaslik boshqa foydalanuvchilarning shikoyatiga va hisobning ehtimoliy bloklanishiga olib kelishi mumkin.
Bir nechta savolni yaxshi boshqarish, biznes profilingizda foydali axborotlarni berish va katalogdagi xizmatlaringiz haqidagi tafsilotlarni ulashish uchun yuklab olish bepul WhatsApp Business ilovasidan foydalanishni maslahat beramiz. WhatsApp Business ilovasidan qanday foydalanish haqida bu yerda bilib oling. Hisobingizni WhatsApp Messenger’dan WhatsApp Business ilovasiga koʻchirishni istasangiz, bu yerga bosing.
Telefoningiz uchun yuklab oling
Mijozlaringiz siz bilan shaxsiy WhatsApp suhbat qurishi uchun qisqa havola yarating. Havolani email, veb-saytingiz, Facebook sahifangiz yoki boshqa tez-tez foydalaniladigan har qanday kanallar orqali ulashing.
Mijozlaringiz ish soatlaringizdagi har qanday oʻzgarishlardan xabardor ekaniga ishonch hosil qiling. Kompaniyangiz ochiq boʻladigan kun va vaqtni koʻrsatish uchun biznes profilidan foydalaning.
Mavjud narsalarni mijozlaringizga real vaqtda ulashing. Mijozlaringiz bilan aloqada qolish uchun guruhlardan foydalaning va xaridorlar doʻkonda nima borligini bilishlari uchun katalogni yangilang.
Mijozlar bilan aloqada qolish va ular bilan shaxsan muloqot qilish uchun shifrlangan video va ovozli chaqiruvdan foydalaning.
Yoʻl harakati va doʻkonga tashriflar sekinlashgani sababli olib ketish va yetkazib berishlar soni oshishi mumkin. Yetkazib berish manziliga yaqinlashganda WhatsApp ilovasida jonli joylashuv funksiyasini yoqing. Mazkur funksiya mijozlarga joylashuvingizni ulashadi hamda tez va oddiy almashinuvni taʼminlaydi.
Xaridorlar har safar doʻkoningizga kirganda ularni mamnun qilishga odatlanganmisiz? Ularga statusni yangilash orqali virtual tanishtiruv taklif eting.
Masofadan hamkorlik qilish uchun guruhlar va guruhli video chaqiruvlardan foydalaning.
WhatsApp Koronavirus axborot markaziga aloqador savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling.