1. WhatsApp Business ilovasini yuklab oling va ishga tushiring: WhatsApp Business ilovasini Google Play Store va Apple App Store orqali bepul yuklab oling. Bosh ekraningizdagi WhatsApp Business belgisini bosing.
2. Xizmat shartlari bilan tanishuv: WhatsApp Business xizmat shartlari bilan tanishib chiqing, keyin shartlarni qabul qilish uchun “Rozilik berish va davom etish” tugmasini bosing.
3. Registratsiya: Mamlakatingiz kodini kiritish uchun pastga ochiladigan roʻyxatdan xalqaro telefon raqami formatini tanlang. Tayyor yoki Keyingisi tugmasini bosing, keyin SMS yoki telefon orqali 6 xonali registratsiya kodini olish uchun Ok tugmasini bosing. Registratsiyani yakunlash uchun 6 xonali kodingizni kiriting. Telefon raqamingizni qanday registratsiya qilish haqida bu maqolada tanishing.
4. Kontakt va suratlarga kirish uchun ruxsat berish: Telefoningizdagi kontaktlarni WhatsApp Business ilovasiga qoʻshish mumkin. Telefoningizdagi surat, video va fayllardan foydalanishga ruxsat berishingiz ham mumkin.
5. Hisob yaratish: Kompaniyangiz nomini kiriting, biznes turkumini tanlang va profil rasmingizni tanlang.
6. Biznes profilingizni yarating:TANISHUV > Biznes profil bandini bosing. Bu yerda kompaniyangiz manzili, tavsifi, ish soatlari va boshqalar kabi zarur biznesga oid axborotlarni kiritishingiz mumkin.
7. Chat boshlash. Biznes profilingiz sozlandi. yoki tugmasini bosing, keyin xabar yuborish uchun kontaktni qidiring. Matn maydonchasiga xabarni kiriting. Keyin yoki tugmasini bosing.
WhatsApp Business ilovasida biznesingizni samarali yuritishda yordam berish uchun bir nechta vositalar mavjud. Bu vositalar bilan tanishish uchun chatlaringiz ekranini bosing. Androidda Boshqa sozlamalaryoki iPhoneda Settings bandini bosing. Keyin Biznes vositalari bandini bosing.