1. Yuklab oling va ilovani ishga tushiring: WhatsApp Messenger ilovasini Google Play Store yoki Apple App Store orqali bepul yuklab oling. Ilovani ochish uchun bosh ekrandagi WhatsApp belgisini bosing.
2. Xizmat shartlari bilan tanishuv: Xizmat shartlari bilan tanishib chiqing, keyin shartlarni qabul qilish uchun Rozilik berish va davom etish tugmasini bosing.
3. Registratsiya: Mamlakatingiz kodini kiritish uchun pastga ochiladigan roʻyxatdan xalqaro telefon raqami formatini tanlang. Tayyor yoki Keyingisi tugmasini bosing, keyin SMS yoki telefon orqali 6 xonali registratsiya kodini olish uchun Ok tugmasini bosing. Registratsiyani yakunlash uchun 6 xonali kodingizni kiriting. Android, iPhone yoki KaiOS tizimida telefon raqamini qanday registratsiya qilish haqida bilib oling.
4. Profilni sozlash: Yangi profilingizda ismingizni kiriting va Keyingisi tugmasini bosing. Profil rasmini kiritishingiz ham mumkin.
5. Kontakt va suratlarga kirish uchun ruxsat berish: Telefoningizdagi kontaktlarni WhatsAppga qoʻshish mumkin. Telefoningizdagi surat, video va fayllardan foydalanishga ruxsat berishingiz ham mumkin.
6. Chatni boshlash: yoki tugmasini bosing, keyin boshlash uchun kontaktni qidiring. Matn maydonchasiga xabarni kiriting. Surat va videolarni yuborish uchun matn maydonchasi yonidagi yoki tugmasini bosing. Yangi surat va video olish uchun Kamera tugmasini, telefoningizdagi mavjud surat va videoni tanlash uchun Galereya yoki Surat va videolar kutubxonasi tugmasini bosing. Keyin yoki tugmasini bosing.
7. Guruh yaratish: 256 nafar ishtirokchigacha guruh ochishingiz mumkin. yoki tugmasini, keyin Yangi guruh bandini bosing. Guruhga kiritish uchun kontaktlarni kiriting yoki tanlang, keyin Keyingisi tugmasini bosing. Guruh nomini kiriting va yoki Yaratish tugmasini bosing.
Maxfiylik va xavfsizlik funksiyalarini sozlash
WhatsApp sizning maxfiyligingiz va xavfsizligingizni tushunishni osonlashtiradi. Maxfiylik sahifamizda batafsil.
Olingan axborotlarni tekshirish
Siz olgan xabarlar haqiqat yoki xatoligi haqida fikr qiling, chunki siz eshitgan hamma narsa ham aniq boʻlavermaydi. Agar siz olgan xabarni kim yuborganini bilmasangiz, ishonchli faktlarni tekshiruvchi tashkilotlar orqali axborotni qayta tekshirib olishni taklif etamiz. Xato axborot tarqalishining oldini olish haqida batafsil bu maqoladan bilib oling.
Uzatilgan xabarlar
Xato axborot tarqalishining oldini olish uchun xabarlarni uzatishni cheklashimiz mumkin. Uzatilgan xabarlarni osongina aniqlashingiz mumkin, chunki ular Uzatilgan degan yorliq bilan ajratiladi. Xabar bir foydalanuvchidan boshqa foydalanuvchiga bir necha marta uzatilganda, u ikki strelka belgisi bilan ajratiladi . Uzatish cheklovlari haqida bu maqolada tanishishingiz mumkin.