1. WhatsApp Messenger hisobingiz zaxira nusxasini yarating: Hisobingizni WhatsApp Messenger ilovasidan WhatsApp Business ilovasiga transfer qilishni xohlasangiz, zaxira nusxasini yaratishni tavsiya etamiz. Zaxira nusxasini yaratmaslik chat tarixi yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. WhatsApp Messenger ilovasini oching. Androidda tugmasini, keyin Sozlamalar menyusini bosing. iPhoneda chatlar ekranida Settings menyusini bosing. Sozlamalar menyusidan Chatlar keyin Chatlarni zaxiralash keyin Zaxiralash yoki Hozir zaxiralash bandini bosing. Zaxira nusxalash yakunlanganidan keyin keyingi bosqichga oʻting.
2. WhatsApp Business ilovasini yuklab oling va ishga tushiring: WhatsApp Business ilovasini Google Play Store va Apple App Store orqali bepul yuklab oling. Bosh ekraningizdagi WhatsApp Business belgisini bosing.
3. Xizmat shartlari bilan tanishuv: WhatsApp Business xizmat shartlari bilan tanishib chiqing, keyin shartlarni qabul qilish uchun “Rozilik berish va davom etish” tugmasini bosing.
4. Registratsiya: WhatsApp Business WhatsApp Messenger ilovasida siz foydalanayotgan raqamni avtomatik aniqlaydi. Davom etish uchun biznes raqamingiz bilan variantini bosing.
5. Hisobingizni transfer qiling: Hisobni transfer qilish jarayoni yakunlangunicha WhatsApp Business ilovasini ochiq va telefoningizni yoniq holda qoldiring. Transfer jarayoni avtomatik yuz berayotgan vaqtda zaxira nusxangizdan tiklash xabari chiqishi mumkin. Davom etish yoki Qayta tiklash bandini bosing. Keyin soʻralsa, Keyingisi tugmasini bosing.
6. Kontakt va suratlarga kirish uchun ruxsat berish: Telefoningizdagi kontaktlarni WhatsApp Business ilovasiga qoʻshish mumkin. Telefoningizdagi surat, video va fayllardan foydalanishga ruxsat berishingiz ham mumkin.
7. Hisob yaratish: Kompaniyangiz nomini kiriting, biznes turkumini tanlang va profil rasmingizni tanlang.
8. Biznes profilingizni yarating:TANISHUV > Biznes profil bandini bosing. Bu yerda kompaniyangiz manzili, tavsifi, ish soatlari va boshqalar kabi zarur biznesga oid axborotlarni kiritishingiz mumkin.
9. Chat boshlash. Biznes profilingiz sozlandi. yoki tugmasini bosing, keyin xabar yuborish uchun kontaktni qidiring. Matn maydonchasiga xabarni kiriting. Keyin yoki tugmasini bosing.
WhatsApp Business ilovasida biznesingizni samarali yuritishda yordam berish uchun bir nechta vositalar mavjud. Bu vositalar bilan tanishish uchun chatlaringiz ekranini bosing. Androidda Boshqa sozlamalaryoki iPhoneda Settings bandini bosing. Keyin Biznes vositalari bandini bosing.