Masofadan turib muloqot qiling
Bir joyda boʻlmasangiz ham aloqada qolish va yaqinlaringizga yordam berish uchun WhatsAppning guruhlar, ovozli va video chaqiruvlar kabi funksiyalaridan foydalaning.
WhatsApp sizga eng muhim insonlar bilan aloqaga chiqishga yordam beradi. Bu yerda WhatsAppdan tanishlaringiz va oilangizga gʻamxoʻrlik qilish, salomatlik haqidagi eng oxirgi rasmiy axborotlardan xabardor boʻlish va axborotni masʼuliyatni his qilgan holda ulashish uchun foydalanishning ayrim usullari keltirilgan. Agar siz WhatsAppda yangi boʻlsangiz yoki uni yangilashingiz kerak boʻlsa, bu yerda ishni qanday boshlash tushuntirilgan.
Bir joyda boʻlmasangiz ham aloqada qolish va yaqinlaringizga yordam berish uchun WhatsAppning guruhlar, ovozli va video chaqiruvlar kabi funksiyalaridan foydalaning.
Mahalliy, mamlakat va dunyo miqyosidagi tashkilotlar bilan muloqot qiling. Oxirgi axborot va koʻrsatmalar uchun Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yoki mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi kabi ishonchli manbalarga murojaat qiling.
Qabul qiladigan xabarlaringiz haqida oʻylang, chunki koronavirus haqida siz qabul qilgan hamma narsa ham aniq boʻlmasligi mumkin. Faktlarni boshqa ishonchli rasmiy manbalar, faktlarni tekshirish vositalari yoki Xalqaro faktlarni tekshirish tarmogʻi (IFCN) chatboti +1 (727) 2912606 orqali tekshiring. Agar biror narsaning bexatoligiga ishonchingiz komil boʻlmasa, uni boshqalarga yubormang.
Mazkur chaqiriqqa javob berganingizda biz hamjamiyat yetakchilari yordamini taqdim etishga ahd qilganmiz. Odamlar koronavirus haqida xavotirga tushganida hamjamiyatingizni xabardor qilish va aloqada boʻlish uchun WhatsAppdan qanday foydalanishingiz mumkinligini bilib oling.
Bemorlar bilan qanday aloqaga chiqish mumkinligi haqida bilib oling, hamjamiyatni xabardor qiling, masofaviy konferensiyalar tashkil qiling, tez-tez beriladigan savollarga tezkor javoblarni va boshqalarni sozlang.
Oʻquvchilaringiz bilan WhatsApp orqali qanday aloqaga chiqish haqida bilib oling, topshiriqlarni yuboring va qabul qiling, darslarni matnli va ovozli hamda boshqa xabarlar shaklida ulashing.
Tashkilotingizni tanishtiring, hamjamiyatingiz bilan aloqada qoling, axborotlarni aniq va oʻz vaqtida ulashing, jamoangiz bilan oʻzaro muvofiq tarzda harakat qiling, umumiy savollar va boshqalarga tezda javob bering.
Mijozlaringiz bilan aloqada qolishning boshqa yoʻllarini toping, joriy ish soatlarini ulashing, olib ketish va yetkazib berish buyurtmalarini yanada samaraliroq tashkillashtiring, inventarizatsiyani va boshqalarning muntazam yangilanib turishini taʼminlang.
Bu qiyin damlarda kishilar hamjamiyatlari bilan muloqot qilish uchun WhatsApp ilovasidan qanday foydalanayotganliklari bilan tanishing:
Pokistonda WhatsApp guruhi mamlakatning eng zaif qatlamlarini qashshoqlikdan qutqarish uchun 21 million rupiy yigʻdi: Batafsil maqola >
Italiyada bir guruh hokimlar WhatsApp orqali aloqada qoldi: Batafsil maqola >
Italiyaning Neapol shahridagi boshlangʻich maktablar yopilishiga qaramay oʻqishni WhatsApp orqali davom ettirmoqda: Batafsil maqola >
Gonkonglik erkak mahalliy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda jamoani safarbar qilish uchun WhatsAppdan foydalanmoqda: Batafsil maqola >
Iordaniyada ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish dasturi WhatsApp orqali koronavirus epidemiyasi paytida ayollarga ish topishga yordamlashmoqda: Batafsil maqola >
Parijdagi tibbiyot xodimlari shifoxonalardagi boʻsh joylar haqida oxirgi axborotlarni WhatsApp guruhidan olishdi: Batafsil maqola >
Hindistonning Koimbatore shahri rasmiylari WhatsApp orqali majlis oʻtkazishmoqda: Batafsil maqola >
Suriyadagi qochoqlar lagerlaridagi oʻqituvchilar WhatsApp orqali ota-onalarga video darslarni ulashdilar: Batafsil maqola >
Hindistonda qullikdan omon qolganlar tengdoshlari orasida koronavirus haqida xabardorlikni oshirish uchun WhatsApp guruhlaridan foydalanmoqda: Batafsil maqola >
Braziliyaning Florianopolis shahridagi bemorlar WhatsApp orqali uchrashuv rejalashtirishi va savollar berishi mumkin: Batafsil maqola >