WhatsApp – butun dunyodagi istalgan kishi bilan tezkor, oson va ishonchli suhbatlashish usulidir. Dunyodagi 180 dan ortiq mamlakatda 2 milliarddan ortiq kishi oʻz oila aʼzolari va doʻstlari bilan istalgan vaqtda va joydan turib aloqada qolish uchun WhatsApp ishlatadi. WhatsApp nafaqat bepul, balki u bir necha turdagi mobil qurilmalarda va aloqa sifati past hududlarda ham ishlaydi – unga istalgan joydan turib kira olasiz. U sevimli lahzalaringizni ulashish, muhim maʼlumotlarni yuborish yoki tanishlaringiz bilan gurung qilishning oson va xavfsiz vositasidir. WhatsApp odamlarga dunyoning istalgan joyidan turib aloqada qolish va ulashish imkonini beradi.
WhatsApp Ish berishda teng huquqlilik va ijobiy harakatlar siyosatini yurituvchi ish beruvchi ekanidan faxrlanadi. Biz irqi, dini, terisining rangi, milliy mansubligi, jinsi (jumladan, homiladorlik, tugʻish, reproduktiv salomatlik qarorlari yoki shunga aloqador tibbiy sharoitlar), jinsiy mansubligi, gender identifikatsiyasi, gender ifodasi, yoshi, himoyadagi faxriylik maqomi, imkoniyati cheklangan shaxs maqomi, genetik maʼlumotlari, siyosiy qarashlari yoki faoliyati yoki boshqa amaldagi huquqiy himoyalangan xususiyatlariga asosan kamsitmaymiz. Ish berishda teng huquqlilik haqidagi eslatmamiz bilan bu yerda tanishish mumkin. Biz, shuningdek, amaldagi federal, shtat va mahalliy qonunlarga muvofiq jinoiy oʻtmishga ega malakali talabgorlarni ham koʻrib chiqamiz. Maʼlumotlaringizdan Facebook, uning xodimlari hamda boshqalarning xavfsizligi va himoyasini taʼminlash uchun zaruratga qarab yoki qonunda ruxsat berilgan doirada foydalanishimiz mumkin. Tegishli havolalarga bosib, Facebook Mehnatga haq toʻlashda ochiqlik siyosati hamda Ish berishda teng huquqlilik – qonundir eslatmasi bilan tanishishingiz mumkin. Qolaversa, WhatsApp muayyan joylarda qonunda talab qilingan tartibda E-Verify dasturida ham qatnashmoqda.
WhatsApp imkoniyati cheklangan nomzodlarni ishga qabul qilish jarayonida oqilona sharoitlar bilan taʼminlashga intiladi. Imkoniyatingiz cheklangani bois biror yordam yoki sharoitga ehtiyojingiz boʻlsa, accommodations-ext@fb.com email manzili orqali bizga maʼlum qiling.